PoE (802.3af)

PoE (802.3af) — Ethernet kabeli orqali qurilmalarni quvvatlantirish standarti bo‘lib, ma’lumot va elektr quvvatini bir
kabel orqali uzatish imkonini beradi. 802.3af’ni qo‘llab-quvvatlaydigan kommutator va injectorlar IP-kamera, oddiy
Wi-Fi access point, IP-telefon, domofon kabi yuqori quvvat talab qilmaydigan qurilmalarni ulashda ayniqsa qulay — rozetka olib kelish qiyin bo‘lgan joylarda.

802.3af odatda har bir port uchun 15,4 Vt gacha quvvat beradi (kabeldagi yo‘qotishlar sabab qurilmaga yetib boradigan quvvat biroz kamroq bo‘ladi), shu bois ulangan qurilmaning iste’molini oldindan hisoblash muhim. Tanlashda kommutatorning umumiy PoE quvvat budjeti (barcha PoE portlarga jami quvvat), PoE portlar soni, tezligi (yaxshisi Gigabit), uplink portlar mavjudligi hamda zarur bo‘lsa PoE boshqaruvi (portni qayta yoqish, quvvat jadvali, ustuvorlik) funksiyalariga e’tibor bering.

Ushbu bo'limda mahsulot yo'q